Asklepiy va Nika

Assalomu alaykum! Men farmatseftika soxasida ish yuritaman va bizning mamlakatimizda ancha yillardan beri faoliyat yuritib kelayotgan firmalardan bir nechasini, aynan Asklepiy va Nika Farm korxona nomlari meni o‘ylantirib qo‘ydi. Bu korxonalarning nomi grek xudolari ismlari bilan nomlangan ekan. Asklepiy - shifo va davo xudosi, Nika - g‘alaba xudosi ekan. Shulardan kelib chiqib, shu korxonalar ishlab chiqargan maxsulotlar va olib sotgan maxsulotlarini sotib olish va iste’mol qilish biz musulmonlarga joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Vijdonlariga bog‘liq. Agar boshliqlari musulmon bo‘lishsa ularni ogohlantirib qo‘yish kerak. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 21:54 | Savol-javoblar | 85 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar