To‘yxonadagi olib kelingan narsalar
Assalomu alaykum! To‘yxonada oshxona ishchisiman. U erga barcha mahsulotlarni bir kun oldin to‘y egalari tashlab ketishadi. Bir kun oldin biz uni pishiramiz to‘g‘raymiz kesadiganini kesamiz. Shu jarayonda ozgina tamini ko‘ramiz. Ba’zilar qorni ochib ozginadan taom pishirishadi. Biz ishimiz jarayonida istemol qilishimiz qanchalik to‘g‘ri? Birovning haqqi bo‘lmaydimi? Shunday deyilsa “to‘yga eyishga olib kelishadi qilayotgan narsangni tami yaxshimi yo‘qmi bilmasdan qo‘yavermaysanku” deyishadi. Masalaning 2-tomoni, to‘ydan mayda chuyda narsalar qolib ketadi(ishlatilgan tuz, ziravorlar, choy, sabzavotlar 2-3 donadan va hokazo). Bular to‘yxonada qolib ketsa egasining esidan chiqib ketsa, bazilarga kerak ham emas. Ularni o‘zimiz istemol qilishimiz yoki boshqa kungi tantananing taomlariga ishlatib yuborish hukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Egalaridan ruxsat so‘rab qo‘yish shart. Sizlar uni kichik fahmlab bee’tibor bo‘lmanglar. Alloh taolo "Zalzala" surasida marhamat qiladi: فَمَن يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ خَيْرًا يَرَهُوَمَن يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ شَرًّا يَرَهُ 7. Bas, kim zarra vaznicha yaxshilik qilsa ham ko‘radir.
8. Va kim zarra vaznicha yomonlik qilsa ham ko‘radir.
Yaxshilikning ham, yomonlikning ham katta-kichigi bo‘lmaydi. Hammasining hisob-kitobi bo‘ladi, qiyomatda javob berish kerak.
Imom Ahmad ibn Hanbal rivoyat qiladilar: So’so’a ibn Muoviya ismli odam Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelganda, ul hazratlari unga «Faman ya’mal misqola zarrotin xoyron yaroh, va man ya’mal misqola zarrotin sharran yaroh»ni o‘qib berganlarida, u: «Bundan boshqa narsani eshitmasam ham, menga shuning o‘zi etarli», – degan ekan.
Muhammad sollallohu alayhi vasallam: «Bir xurmoning yarmi yoki bir og‘iz shirin so‘z bilan bo‘lsa ham, o‘zlaringizni do‘zaxdan saqlanglar», – deganlar. Ya’ni bu yaxshilikning kichigi bo‘lmaydi, deganlaridir.
Boshqa bir hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Ko‘zga ilinmaydigan gunohlardan saqlaninglar, chunki ular to‘planib, kishini halok qiladi», – deganlar.
Har doim, ko‘zga ko‘rinmas zarra miqdorida bo‘lsa ham yaxshilikni qilib, shuningdek, ko‘zga ko‘rinmas zarra miqdorida bo‘lsa ham yomonlikdan qochish kerak. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
6 May 2022, 22:27 | Savol-javoblar | 156 | Halol va harom