Payg‘ambarimz solallohu alayhi vassalamning qarindoshlari

Assalam alaykum! Bir kitobda hadis o‘qigandim. Uning ma’nosi tahminan shunday edi: Payg‘ambarimz solallohu alayhi vassalamning qarindoshlari oxiratda shu maqom sababli najot topishar ekan.Buni Payg‘ambarimiz alayhisalomning o‘zlari aytgan ekanlar. Ammo boshqa bir hadisda oxiratda hamma barobar ekanligi ma’nosidagisini o‘qidm. O‘qigan kitobimdan haligi birinchi hadisni qancha qidirsam ham topa olmadm (boshqattan o‘qib tahlil qilmoqchi edim). Shu haqida ma’lumot bersangiz. Nabiy solallohu alayhi vassalamning qarindoshlari oxiratda qanday holatda bo‘ladilar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga dunyo-yu oxiratda izzat-ikrom va inoyatlarni tortiq qilgan. Qiyomat kunidagi shafoat ham shu jumladandir. Iymonda mustaqim bo‘lgan barcha ummatlari shu shafoat ostiga kirishidan umid qilinadi.
Alloh taolo "Mu’minun" surasida marhamat qiladi:  فَإِذَا نُفِخَ فِي الصُّورِ فَلَا أَنْسَابَ بَيْنَهُمْ يَوْمَئِذٍ وَلَا يَتَسَاءَلُونَ ۝ 101. Bas, qachonki surga puflanganda, u kunda oralarida na nasab qolur va na bir-birlarini surishtirurlar. 
Hadisi sharifda aytiladiki:أن أبا هريرة قال قام رسول الله صلى الله عليه وسلم حين أنزل الله وأنذر عشيرتك الأقربين قال يا معشر قريش أو كلمة نحوها اشتروا أنفسكم لا أغني عنكم من الله شيئا يا بني عبد مناف لا أغني عنكم من الله شيئا يا عباس بن عبد المطلب لا أغني عنك من الله شيئا ويا صفية عمة رسول الله لا أغني عنك من الله شيئا ويا فاطمة بنت محمد سليني ما شئت من مالي لا أغني عنك من الله شيئا Abu Hurayra roziyalloxu anxu aytdi:
«Alloh «Yaqin qarindosh- urug‘laringni ogohlantir!»ni nozil qilganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam turib, shunday dedilar: «Ey Quraysh jamoasi! [yoki shunga o‘xshash gap] Jonlaringizni sotib oling! Men Allohdan keladigan hech bir narsani sizdan kaytara olmayman. Ey Banu Abdu Manof! Men Allohdan keladigan hech bir narsani sizdan qaytara olmayman! Ey Abbos ibn Abdulmuttalib! Men Allohdan keladigan hech bir narsani sendan qaytara olmayman! Ey Alloh Rasulining ammasi Safiyya! Men Allohdan keladigan hech bir narsani sendan qaytara olmayman! Ey Muhammadning — sollallohu alayhi vasallam — qizi Fotima! Molimdan xoxlaganingni so‘ra! Lekin Allohdan keladigan xech bir narsani sendan kaytara olmayman!» 
Buxoriy rivoyati.
Boshqa bir hadisi sharifda esa bunday deyiladi:عن عمر بن الخطاب أن رسول الله صلى الله عليه وسلم قال: كل سبب ونسب منقطع يوم القيامة إلا سببي ونسبي. أخرجه الحاكم والطبراني والبيهقي Umar ibn Xattob roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Har bir sabab va nasab qiyomat kuni uzilgandir, magaram mening sababim va nasabim (uzilmaydi)” dedilar”. 
Hokim, Tobaroniy, Bayhaqiy rivoyat qilgan.
Yuqoridagi oyati karimada va undan keyingi hadisi sharifda qiyomat kuni nasablar uzilishi bildirilmoqda. Ushbu hadisi sharifda esa Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning nasablari qiyomat kuni ham manfaat berishi aytilmoqda. Bu va boshqa hadislarni Munoviy Fayzul Qodiyrda quyidagicha sharhlaydi: Ushbu (u zot sollallohu alayhi vasallamning nasablari qiyomat kuni uzilmasligi haqidagi) hadis ahli baytlarini Allohdan qo‘rqishlik, unga taqvo qilishlikka chaqiriqlari, dunyo bilan fitnalanib qolmaslikdan ogohlantirishlari, Allohning huzurida ulardan biror narsani behojat qila olmasliklari haqidagi boshqa hadislarga zid emas. Chunki ularning ma’nosi shuki, U zot sollallohu alayhi vasallam o‘zlari mustaqil ravishda ularga naf etkazishga ega emaslar. Lekin Alloh taolo u zotni o‘z nasabidagilarga omm va xos shafoatga ega qiladi. Alloh bersagina nafga qodir bo‘ladilar. U zot sollallohu alayhi vasallamning “Men Allohdan keladigan hech bir narsani sizdan kaytara olmayman” degan so‘zlarining ma’nosi “Alloh ikrom qilmasa yakka o‘zim hech bir narsani sizdan kaytara olmayman” deganidir. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 02:36 | Savol-javoblar | 146 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar