Bu ne’matlar halolmi?

Assalomu Aleykum muhtaram Ustoz. Bu savolni bir birodarim so‘rab berishimni iltimos qildi. Iltimos Alloh ato etgan nurli ilmingiz bilan bu masalani echib bering.SAVOL: "assalomu aleykum hurmatli shayx hazratlari. Alloh taoloning inoyati bilan mana bahor ham kirib keldi. Men ukam bilan yalpiz terishga boramiz. Yalpiz ariq bo‘yida o‘sadi. U erga bizdan boshqalar ham yalpiz terishga boradi. U erning egasi kimligini bilmaymiz, yalpiz o‘sadigan erni to‘sib ham qo‘yishmagan. Janob bu yalpizlar biz uchun halolmi? Uni Alloh ato etgan ne‘mat deb iste‘mol qilaversak bo‘ladimi? Alloh ilmingizni bundan ham ziyoda qilsin. Sizga cheksiz hurmat bilan DOSTON."
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Halol. Bo‘ladi.

6 May 2022, 22:27 | Savol-javoblar | 152 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar