"Allohga ma’siyat buladigan ishda bandaga itoat yuq" tugrimi?
Assalomu Alaykum, Shayh Xazratlari! Sizni kirib kelgan Ramazon oyi bilan muborakbod etaman va men bilan yuz berayotgan judayam bir xunuk holatni sizga bayon qilib bermoqchiman. Har yili Ramazon oyini intqilik bilan kutaman, oylar ichida eng yahshi kurgan oyim ham Ramazon oyi lekin kecha kechqurun yani ramazon oyidan bir kun oldin onam menga otang seni ruza tutmasin divotti deb aytib qoldila. Ota onamni bunday deyishlariga 1 sabab yoshimga va buyimga nisbatan ogirligim kamroq yani juda ham ozginman lekin soglomman, uzimni judayam yahshi his qilaman, salomatligimdan umuman nolimayman Allohga shukr. 2 sabab esa farzand talabmiz. Onamga yahshilab tushuntirishga harakat qildim foydasi bulmadi shundan keyin hop tutmiyman dib quydim, lekin ertalab uzimni yotogimda berkitib ruza tutdim. Ishga ketayotganimda onam atayin kutib utirgan ekanlar meni choy ichishimni, choy ichmaganimdan ruza tutganimni bilib meni urishib ketdilar. Uzimni bosib ogirlik bilan chiroylik qilib tushuntirishga harakat qilmay foydasi bulmadi. Sanga ruza keremi bola keremi, uzini uzin qiynavossan, farzandsizliging haqida qaygurmiysan, man sandan rozimasaman, bir umr kosen oqarmiydi, ota oneni norozi qilib tutganing uchun ruzang ham qabul bulmaydi dib yiglab qargab qoldila orqamdan. Xazrat yonimdagi hamkasblarimdan uyalib uzimni zurga yigidan tiyib yozvomman sizga. Hammasidan ham ogir botayotgani onam bula turib meni tushunmaganlari, shuncha gaplaridan keyin ham yahshi gapirib tushuntirishga harakat qildim, boshqa nima ish buyursez qilaman faqat ruza tutma dimen didim foydasi bumadi sanga ruza kere, hayit kere bola keremas, yurvur shunaqa qilib deb yiglab urishib tashadila. Uylanganimga 3 oydan sung 2 yil buladi, 1 farzandimiz 2 oyligida tushib qolgan, bunga ham 1 yildan oshdi, hozir Allohdan farzand berishini surab ayolim bilan duo qilib turibmiz. Xazrat men qilgan ishimni tugri deb bilaman va ota onamni qarshiliklariga qaramasdan ruzani ohirigacha tutmoqchiman chunki "Allohga ma‘siyat buladigan ishda bandaga itoat yuq" tugrimi? Xazrat Sizdan ota-onam haqlariga Alloh ularni hidoyatga boshlashini surab va ayolim bilan meni haqqimga solih va soliha farzandlar ato etishini surab duo qilsangiz. Qilayotgan hayrli ishlaringizni Alloh davomli qilsin. Umringizni uzoq qilsin. Uzi Sizni Uz pahohida asrasin. Alloh Sizdan rozi bulsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Hamma narsani to‘g‘ri tushunar ekansiz. Barakalloh! O‘zingiz yozgan hadisga amal qiling. Agar ota-onangiz sal bo‘lsa ham diynda xabardor bo‘lganlariga bu gaplarni mutlaqo og‘izlariga olmas edilar.
3 May 2022, 01:58 | Savol-javoblar | 149 | Dolzarb savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Hamma narsani to‘g‘ri tushunar ekansiz. Barakalloh! O‘zingiz yozgan hadisga amal qiling. Agar ota-onangiz sal bo‘lsa ham diynda xabardor bo‘lganlariga bu gaplarni mutlaqo og‘izlariga olmas edilar.
3 May 2022, 01:58 | Savol-javoblar | 149 | Dolzarb savollar