Bir necha taloq deganman
Assalomu alaykum! Men ayolimga taloq deb sms orqali jo‘natkanman. Lekin u so‘zni 4 martda yozganman. 1-si qo‘l telfoniga sanga taloq qo‘ydim deb yozganman. 2 daqiqadan keyin telegram orqali yozganman. Keyin yana 2 daqiqadan keyin yana sanga taloq va taloq deb yozganman. Keyin oilamni o‘ylab yashash maqsadda bir domla bilan gaplashtim. Shu masalada ular aytilarki birinchi yozganizda 1 taloq tushub bo‘lgan, qolgani 1000ta yozganizda xam 1 taloq tushadi degandila. Savolim shuki necha taloq tushkan bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bir taloqdan keyin 1000 taloq qo‘ysangiz uchta taloq tushib, qolgan 997tasiga qiyomatda javob berasiz. Siz gaplashgan domla haqiqatan shunday degan bo‘lsa taloq borasida ilmsiz ekanlar. Ko‘pincha shunday bo‘ladi. Ko‘pchilik yaxshi Qur’on o‘qishni biladigan odamni domla deb o‘ylaydi, uni esa fiqhiy masalalarda mutlaqo xabari bo‘lmaydi. Taloq fiqhdagi eng qiyin mavzu. Bir necha yil dars aytganlar ham bu borada oqsalanib qoladi. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 22:59 | Savol-javoblar | 159 | Oila va turmush