Najosat kiyimga tegsa

Assalomu alaykum! Siydikni tangadan kichikroq tomchisi kiyimga tegsa namoz o‘qisa bo‘ladimi? Bir imom bo‘lmaydi dedi. Najosat ikkiga bo‘linadi molning tezagi tangadan kichik bo‘lgan xolatda tegsa namoz o‘qib bo‘ladi, odamning siydigi qanday kichiklikda bo‘lishidan qat’iy nazar o‘qib bo‘lmaydi dedi. Shu to‘g‘rimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siydik chiqishi bilan tahorat ketadi, oz ko‘pining farqi yo‘q. Buni bilsangiz kerak. Siydik chiqdi, kiyimga tangadan kichikroq hajmda tegdi, o‘sha holatda tahorat olib namoz o‘qidi. Shunda namoz ado bo‘ladi. "Kifoya" kitobidan iqtibos: Undan (og‘ir najosatdan) dirham miqdori afv qilinadi. U quyuq najosatda bir misqol, suyuqda kaft miqdorichadir.Ushbu miqdorgacha bo‘lgan og‘ir najosat tekkan kiyim ila namoz o‘qisa joiz. Undan ortganda o‘qib bo‘lmaydi. Oz miqdordagi najosatdan saqlanish qiyin bo‘lganidan bunga ruxsat berilgan. Dirhamning og‘irligi 2,975 gramm. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 23:33 | Savol-javoblar | 339 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar