QABR USTIGA GUL EKISH
Assalomu alaykum shayx hazratlari bir savol bilan murojaat qilmoqchimanYaqinda otam qazo qildilar (joylari jannatda bo‘lsin)bir hadisda o‘qigan edim. Payg‘ambarimiz(SAV)sahobalar bilan qabrston yonidan o‘tib ketayotganlarida ikk qabr egalari azoblaniyotganini aytadilar va daraxt shoxini sindirib qabr ustiga suqib to shoxlar quriguncha istig‘for aytib turadi deganlar.Men ham otamning qabirlarini yoniga hardoim ko‘k bo‘lib turadigan gul ekmoqchi edim. Yaqinda bir burodarimiz qabr yoniga gul eksa bo‘ladimi degan savol bilan mujaat qilganida siz bulmaydi degan ekansiz.Hadisga binoan eksa bulmaydimi yoki bu hadisning manosi boshqami (savolda xatolar bo‘lsa uzur so‘rayman) OLLOH SIZU-BIZDAN ROZI BO‘LSIN javob uchun oldindan rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Hadisda gul ekilgani haqida gap yo‘q. Bir ho‘l shoxni ikkiga bo‘lib suqib qo‘yganlar. Qabriston o‘limni eslatib turishi kerak. Gulzorni emas. Qabr ustida o‘sgan tabiiy o‘simliklardan ham savob etaveradi. Siz esa, otangiz haqiga ko‘proq duo qiling. Qur’oni Karim qiroat qiling va boshqa savobli ishlarni ado etib savobini bag‘ishlang.
21 Aprel 2022, 12:25 | Savol-javoblar | 192 | Boshqa ibodatlar