Er kishi xotinini urishi joizmi?

Assalomu alaykum! Men muslim.uz sayti orqali erkak kishi ayoliga qo‘l ko‘tarishi mumkin bo‘lgan vaziyat haqida o‘qigan edim, ammo islom.uz saytida esa savol-javoblar orasida erkak kishi ayolini urishga haqqi yo‘qligi ta’kidlanganligini o‘qib qoldim, bulardan qay biri to‘g‘riyu qay biri noto‘g‘ri? Bir biriga zid bo‘lgan ma’lumotlar berilgan, mana sizga muslim.uz dagi ma’lumotni ham jo‘natayapman: Alloh taolo aytadi: “Xotinlaringizning itoatsizligidan qo‘rqsangiz, avval ularga pand-nasihat qilinglar, so‘ng (ya’ni, nasihatlaring kor qilmasa) ularni yotoqlarida tark qilingiz, (ular bilan bir joyda yotmang, yaqinlashmang), so‘ngra (ya’ni shunda ham sizlarga bo‘ysunmasalar) uringlar. Ammo sizlarga itoat qilsalar ularga qarshi boshqa yo‘l axtarmanglar. Albatta, Alloh eng yuksak va buyuk bo‘lgan zotdir” (Niso surasi, 34-oyat). Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vassallam aytdilar: “Uch toifa odamning namozi maqbul bo‘lmaydi va birorta yaxshiligi osmonga ko‘tarilmaydi. 1) Qochoq qulning to xo‘jayinlariga qaytib, qo‘lini ularning qo‘llariga qo‘ymaguncha; 2) Erini g‘azablantirgan, norizo qilgan ayolning to eri undan rozi bo‘lmaguncha; 3) Va mastning to o‘ziga kelmaguncha” (Ibn Hibbon, Ibn Xuzayma rivoyati). Rivoyat qilinadiki, ayol qiyomat kuni birinchi bo‘lib, namoz va eridan so‘raladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz bizdan urish kerak ekan deb so‘rayotgan bo‘lsangiz o‘zbek erkaklar ruxsat berilmasdan turib ham urishni o‘z joyiga qo‘yishadi. Undan ortig‘iga shariatimiz ruxsat bermaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:34 | Savol-javoblar | 165 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar