Ajrini qiyomatda olish

Assalomu alaykum! Bu galgi savolim ham odatda ko‘p uchraydigan dolzarb muammo. Meni kasbim savdo sotiq bilan bog‘liq va men qo‘limdan kelganicha shariat belgilab bergan fatvolarga asoslangan xolda kasb talabidaman. Savolim: Bir bola yonimga iltimos bilan keldi, yordam qiling, qarzga mol bering, sotib pulini berib yana qarzga mol olib ishlash taklifini bildirdi. Men u bolaga xech qanday garovsiz 1000$ lik mol berdim va o‘zimda yo‘q moldan ham ko‘rgazma uchun olib berishimni iltimos qildi. Yana 500$ naqt pulimga boshqa birovdan mol ham olib berdim. U bola mendan jami 1500$ qarz bo‘ldi va oradan 3-4 kun o‘tib u bola ko‘rinmay qoldi. Men bergan mollar ham yo‘q. Sheriklaridan so‘rasam buvisi olamdan o‘tibdi.  Indamay ketdim, ertasi kun surushtirsam meni aldashgan ekan va u bolani o‘zini topdim u avtoxalokatga uchraganini aytdi rostmi yolg‘onmi bilolmadim. Pulni ham bermay yuripti, mollar ham yo‘q. Oradan 5 oy vaqt o‘tdi u bola qarzini beray demayapti, so‘rasam baxonalar qilib o‘zini olib qochib yuripti. Bunday vaziyatda nima qilishim kerak? Kechdim deyman desam noroziman undan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Nima qilib bo‘lsa ham oling.  Vallohu a’lam!
21 Aprel 2022, 12:25 | Savol-javoblar | 86 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar