Muslima qiz uchun dunyo ilimi afzalmi?

Assalomu alaykum! Yoshim 17da. Ayni paytda ToshMi litseyining 1-kursini tamomladim. Alloh, namozlarimda ko‘nlimga hidoyat berib o‘ranganimga yarim yil bo‘ldi, kelajakda shifokor stomatolog bo‘lmoqchi edim, lekin Qur’on o‘qishni o‘rganishni uy ishlari namozlarni to‘kis ado qilgim keladi. Bir so‘z bilan aytganda muslima ayol bo‘lishni istayman. Xolisona maslaxatingiz kerak o‘qishni davom ettirib litsey keyinchalik institutda ro‘molsiz yurib dunyo ilmini o‘rganaymi yoki o‘qishni tashlab uyda o‘tirganim ma’qulmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz bu soha ilmini dunyoviy ilm deb uning zohiriga qarabsiz. Odamlarning ehtiyojiga qarasangiz bu farzi kifoya  Hozirgi kunda jamiyatimizga har bir sohada namozxon, iymon-e’tiqodli, birovning haqqidan qo‘rqadigan, nochorning nochorligidan foydalanib haqqini yulib olmaydigan mutaxassislarni tayyorlash farzi kifoya amal hisoblanadi. Bu ishga sarflanadigan sarmoya, vaqt, kuch-quvvat farz amaliga sarflangan bo‘lib, savobi ham farzni ado qilganning savobi bo‘ladi. Albatta har bir ulug‘ ishning o‘z qiyinchiliklaridan tashqari tashqi to‘siqlari ham bo‘ladi. Savobi ulkan bo‘lgan har bir ishning qarshisida o‘shanga yarasha baland dovoni bo‘ladi. Hozirgi kunimizda shu siz aytgan narsa dovon bo‘lib turibdi. Bu dovon ham ya’juj-ma’juj uchun Zulqornayn qurgan devori kabi emas. Albatta buni ham echimi bor. Eng birinchisi Alloh taolodan xolis, xayrixohlik bilan o‘sha dovon quruvchilarning qalbini Allohdan so‘rashdir. Chunki qalblar Alloh taoloning qo‘lida. Ikkinchisi toqatingizga yarasha harakatni qilib, qolganini Allohga tavakkal qilish. Hadisda: “Kim qarzni uzishni niyat qilib qarz olsa va uni uzishda toqati etganicha harakat qilib qolganini Allohga tavakkal qilsa albatta-albatta Alloh uni qarzini uzdirib qo‘yadi” degan ma’no kelgan. Siz ham musulmonlar manfaatini niyat qilib sohangizni eng zo‘r mutaxassisi bo‘lib etishing. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:29 | Savol-javoblar | 167 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar