Sajdada o‘tirganda noqulaylik oyoqlar og‘rishi

Assalomu alaykum! Man yaqindan namoz o‘qishni boshladim va qa’dada o‘tirganimda tashahhud-salovat duolarni tez o‘qiyman, ya’ni tezroq tugatishga harakat qilaman. Allohni O‘zi kechirsin. Sababi o‘tirganimda oyoqlarim tizza va barmoqlarim qattiq og‘riydi. Boshqalar judayam qulay o‘tiradi, menga esa noqulay. Shu holat bo‘yicha Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlaridan birorta hadis kelganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar namozda og‘riq bo‘lsa o‘zingizga qulay holatda o‘tirib olavering. Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumoning oyoqlari lat egan edi. Qa’dada boshqacha holatda o‘tirardilar. عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ عَبْدِ اللهِ أَنَّهُ أَخْبَرَهُ، أَنَّهُ كَانَ يَرَى عَبْدَ اللهِ بْنَ عُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا يَتَرَبَّعُ فِي الصَّلَاةِ إِذَا جَلَسَ، فَفَعَلْتُهُ وَأَنَا يَوْمَئِذٍ حَدِيثُ السِّنِّ، فَنَهَانِي عَبْدُ اللهِ بْنُ عُمَرَ وَقَالَ: إِنَّمَا سُنَّةُ الصَّلَاةِ أَنْ تَنْصِبَ رِجْلَكَ الْيُمْنَى وَتَثْنِيَ الْيُسْرَى. فَقُلْتُ: إِنَّكَ تَفْعَلُ ذَلِكَ. فَقَالَ: إِنَّ رِجْلَيَّ لَا تَحْمِلَانِي  Abdulloh ibn Abdulloh xabar qiladi:
«Men Abdulloh ibn Umarning namozda o‘tirganida chordona qurib olganini ko‘rar edim. Men ham shunday qildim. U vaqtda yosh bola edim. Abdulloh ibn Umar meni bundan qaytardi va: «Namozning sunnati o‘ng oyog‘ingni tiklab, chapini bukib o‘tirishing, xolos», dedi. «O‘zingiz shunday qilyapsiz-ku?» dedim. «Mening oyoqlarim yaramaydi-da», dedi».(“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:51 | Savol-javoblar | 136 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar