Shayton vasvasa qilishligi to‘g‘risida

Assalomu alaykum!  Shayton mo‘minni faqatgina vasvasa qila oladi kofirni bo‘lsa xohlagan gunohini qildira oladi degan hadis bormi? Agar bo‘lsa to‘liq hammasi shunday yozilganmi? Alloh rozi bo‘lsin rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “Isro” surasida marhamat qiladi: إِنَّ عِبَادِي لَيْسَ لَكَ عَلَيْهِمْ سُلْطَانٌ وَكَفَى بِرَبِّكَ وَكِيلاً۝ 65. Albatta, bandalarim ustidan sening hukmronliging yo‘q. Robbing O‘zi vakillikka kifoyadir. Kimki Allohga haqiqiy banda bo‘lsa, qalbi Allohga iymon ila to‘lib-toshgan bo‘lsa, banda Robbiga ibodat ila band bo‘lsa, unday bandaga shaytonning hech qanday ta’siri yo‘q. Shayton hech qachon unday bandani bo‘ysundira olmaydi. «Robbing O‘zi vakillikka kifoyadir». Uning O‘zi shaytonning vasvasasidan saqlaydi, undan g‘olib kelishda bandaga yordam beradi. Lekin, ayni chog‘da shaytonning vasvasasiga uchadigan, uning yo‘liga yuradigan, Allohning yo‘lidan yuz o‘giradigan bandalar ham bor. “Hijr” surasida ham : قَالَ رَبِّ بِمَآ أَغْوَيْتَنِي لأُزَيِّنَنَّ لَهُمْ فِي الأَرْضِ وَلأُغْوِيَنَّهُمْ أَجْمَعِينَ۝ 39. U dedi: «Robbim! Meni yo‘ldan ozdirganing sababli, albatta, men ularga er yuzida (gunohlarni) chiroyli ko‘rsataman va albatta, ularning hammasini yo‘ldan ozdiraman.   إِلاَّ عِبَادَكَ مِنْهُمُ الْمُخْلَصِينَ۝ 40. Ulardan tanlangan bandalaring mustasno». “Ibrohim” surasida : وَقَالَ الشَّيْطَانُ لَمَّا قُضِيَ الأَمْرُ إِنَّ اللّهَ وَعَدَكُمْ وَعْدَ الْحَقِّ وَوَعَدتُّكُمْ فَأَخْلَفْتُكُمْ وَمَا كَانَ لِيَ عَلَيْكُم مِّن سُلْطَانٍ إِلاَّ أَن دَعَوْتُكُمْ فَاسْتَجَبْتُمْ لِي فَلاَ تَلُومُونِي وَلُومُواْ أَنفُسَكُم مَّا أَنَاْ بِمُصْرِخِكُمْ وَمَا أَنتُمْ بِمُصْرِخِيَّ إِنِّي كَفَرْتُ بِمَآ أَشْرَكْتُمُونِ مِن قَبْلُ إِنَّ الظَّالِمِينَ لَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ۝ 22. Ish bitib bo‘lganda shayton: «Albatta, Alloh sizga haq va’dani qilgan edi. Men esa sizga va’da berdim-u, va’damga xilof qildim. Mening ustingizdan hech qanday hukmronligim yo‘q edi. Faqat da’vat qilsam, o‘zingiz menga ijobat qildingiz. Bas, meni malomat qilmang, o‘zingizni malomat qiling. Men sizlarni qutqaruvchi emasman, sizlar ham meni qutqaruvchi emassizlar. Endi men, albatta, ilgari meni sherik qilganingizni inkor qilaman. Albatta, zolimlarga, ha, ularga alamli azob bor», – dedi. “Nahl” surasida : إِنَّمَا سُلْطَانُهُ عَلَى الَّذِينَ يَتَوَلَّوْنَهُ وَالَّذِينَ هُم بِهِ مُشْرِكُونَ۝ 100. Uning hukmronligi faqat uni do‘st tutadiganlarga va u sababli mushrik bo‘lganlarga, xolos. “Maryam” surasida : أَلَمْ تَرَ أَنَّا أَرْسَلْنَا الشَّيَاطِينَ عَلَى الْكَافِرِينَ تَؤُزُّهُمْ أَزًّا۝ 83. Biz shaytonlarni kofirlarga ularni qo‘zg‘ab-qo‘zg‘ab turishlari uchun yuborganimizni ko‘rmadingmi? ("Tafsiri hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 12:25 | Savol-javoblar | 147 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar