Cavdodagi gumon

Assalomu alaykum! Men shu yilning boshida mashina sotdim. Savdo vaqtida uning barcha ayblarini aytishga xarakat qildim, lekin ba’zi ayblari yodimdan ko‘tarilganligi sabab yoki o‘sha aybi to‘g‘risida gumonim bo‘lganligi bois aytmagan bo‘lishim mumkin. Mashina sotilgan kunining ertasiga mashina olgan kishining o‘rtog‘i mator moy eydimi, deb so‘radi. Meni ishonchim komil emas edi, ammo yo‘q emaydi, dedim. Oradan shuncha vaqt o‘tib mashina olgan kishi bilan necha marta gaplashgan bo‘lsam, mashinaning aybi bor ekan, demadi va bugun shu hadisni o‘qidim. Vosila ibn Asqa’ roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: “Kim aybli narsani sotib, aybi borligidan oluvchini xabardor qilmasa, doim Allohning g‘azabida bo‘ladi yoki farishtalar to‘xtovsiz unga la’nat aytadilar”, deyayotganlarini eshitdim” (Ibn Moja rivoyati). Endi gumondaman, savdoda xato qilib qilmadimmi? Xato bo‘lsa nima qilishim kerak yoki xaridordan uzr so‘raymi? Yo amalda bir qusurini to‘g‘rilashga ko‘mak beraymi? Masalan, mashinaning biron kattaroq xarajatiga yordam bersam?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aniq aybini bilsangiz, shunday qilganingiz nur ustiga nur. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 00:49 | Savol-javoblar | 156 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar