Akamizning nikohi
Assalomu alaykum! Bir akamiz ayollarini 16 yil oldin 3 taloq deganlar, o‘rtada 2ta qiz farzand bor uyli joyli qilishgan. Akamiz 2ta turmush qurganlar, ammo birinchi ayollari javoblarini olganlaridan so‘ng 16 yil turmushga chiqmaganlar. Endi o‘sha akamiz 1-ayollariga nikoh o‘qitishlari uchun biron bir yo‘li bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Er kishi o‘z ayolini bir taloq yoki ikki taloq qilsa, qaytadan yarashishi mumkin. Ammo uch taloq qilgandan keyin o‘sha er uchun u ayol vaqtinchalik haromga aylanadi. Qur’oni Karimning hukmiga binoan, u ayol (idda o‘tirib) boshqa erga tegib, bu eri bilan tabiiy holatda o‘lim yoki taloq tufayli ajrashgandan keyingina (yana idda o‘tirib) birinchi erga nikohi halol bo‘ladi. Buning uchun, albatta, u ayol ikkinchi er bilan er‑xotin bo‘lib yashashi shart. Ikkinchi er jinsiy aloqaga qodir emas kishi bo‘lsa, ayol qaytadan birinchi erga halol bo‘lmaydi. Nikoh to‘g‘ri nikoh bo‘lishi ham shart qilingan. ("Kifoya" kitobidan). Vallohu a’lam!
7 May 2022, 12:59 | Savol-javoblar | 148 | Oila va turmush