Riboni qaytarish
Assalomu alaykum! Men 5 yoki 6-sinfda o‘qir edim. U vaqtda ribo nima ekanligini bilmas edim. Bir kuni do‘stim mendan 200 so‘m qarz so‘radi, men unga 200 so‘m berdim, lekin menga 400 so‘m qaytarasan dedim. Kelishdik. Keyin u menga 300 so‘m qilib qaytardi. Xozir o‘ylasam men 100 so‘m ribo olgan ekanman. Bu voqeaga 10 yildan oshgan. Men nima qilsam, bu ribodan xalos bo‘laman? 1. 100 so‘m pulni o‘zini qaytarishim kerakmi(lekin 100 so‘m deyarli qadrsizlanib kettiku). 2. Do‘stim agar men o‘sha 100 so‘mga roziman desa ham ribo mendan soqit bo‘ladimi? 3. Hozirda 100 so‘m qadrsizlanganini inobatga olib, men o‘zim rozi bo‘lib 5000 so‘m bersam, ribodan qutulamanmi? 4. Ribodan topilgan pulni egasiga qaytarishda, aynan o‘sha ribo qilgan ishini eslatib qaytarish kerakmi yoki sizdan qarzim bor edi, menda haqqingiz qolib ketgan deb pulini qaytarsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ribodan topilgan pulni o‘z egasiga qaytarishda uni aynan qanday pul ekanini aytish shart emas. O‘sha 100 so‘mning o‘zini qaytaring. Vallohu a’lam!
27 Avgust 2022, 17:46 | Savol-javoblar | 168 | Halol va harom