Kechiksa jarimasi bo‘lsa

Assalomu alaykum! ZOODMAL internet do‘konda foizsiz bo‘lib to‘lashga maishiy texnika berilarkan. Masalan 1mlnlik tovarni boshlang‘ich to‘lovi 200 ming qolgani 4oy davomida bo‘lib to‘lanadi. Boshqa magazinlarda shu tovar 800ming, bo‘lib to‘lashga 1 - 1,1 mln dan turibdi. Surishtirsam bir kun pul kechiksa 71 ming jarimasi bor ekan. Shu do‘kondan bo‘lib to‘lashga narsa olsa bo‘ladimi? Kunini kechiktirmasdan yoki riboga aralashib qolamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu do‘kondan narsa olishingiz joiz emas. Chunki o‘sha kechikkaniga jarima to‘lash shariatimizda ribo hisoblanadi. Bunday shart bilan bay-savdo bog‘lanmaydi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 21:40 | Savol-javoblar | 182 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar