Musibat Allohga yaqinlarga tegishi

Assalomu alaykum! Men bir joyda o‘qigan edim Olloh musibatni og‘irini yaqinlariga berarkan. Eng og‘irini avval farishtalarga keyin payg‘ambarlarga keyin tartib bilan lekin yana bir joyda eshitgan edim Olloh aytarkanki agar bandam menga bir qarich yaqinlashsa men unga bir quloch yaqinlashaman agar u men tomon yursa men u tomon yuguraman. Bulardan qanaqa xulosa olish mumkin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Insonning qilgan ba’zi bir gunohlari shu kabi musibatlar bilan ham yuvilib ketadi. Yana Alloh ba’zi bir bandalariga jannatda ulug‘ maqomlarni tayyorlab qo‘yadi. Banda unga peshonasini sajdadan ko‘tarmay ibodat qilsa ham etolmaydi. Shunda Alloh taolo ba’zi bir narsalar bilan imtihon qiladi. Banda sabr qilsa o‘sha darajotlarga erishadi. Eng aniq narsa shuki hech bir narsa behikmat emas. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 01:11 | Savol-javoblar | 170 | Kitoblar
|
Boshqa savol-javoblar