Tanishim harom yo‘l bilan tug‘ilib qolmaganmi?

Assalomu alaykum! Bir tanishimning otasi dindan habari yo‘q, taloq degan so‘zlarni farqiga bormaydi. Bu so‘z nima ma’noni anglatishini ham bilmaydi. Tanishimning otasi o‘zi hayotini SSSRga va partiyaga bag‘ishlagan va dinsizlar, xudosizlar bilan ko‘p ishlagan. Bir kuni shu tanishimning buvisi mehmonga kelib taloq to‘g‘risida mavzu ochgan ekan, tanishimning otasi "qiziqmisizlar qanday qilib oddiy so‘zdan er va xotin ajrashib ketadi debdida va mana 3 taloq endi nma bo‘ldi, hech narsa o‘zgarib qolmadiku" debti. Shu zahoti tanishimning buvisi bo‘ldi nikohlaring uzildi, birga yashashlaring harom debdida, oyisini o‘zining uyiga jo‘natib yuboribti. Tanishimning otasi rangi oqarib ketibdi, axir man bundan tushuncham yo‘q edi, tavba qildim, bu narsani nimaligini bilmasdan tushunmasdan gapirdim deb rossa yig‘labti. Keyin ko‘p domlalarga borib so‘rashsa nikoh buzildi degan javob olishar ekan. Bir domla sizlarni ishlarinigizni o‘rganib chiqaman deb bu mavzuni o‘rganib chiqib manbalardan topib aynan sizlarning ishlaringizga nikoh o‘qib qo‘ysa bo‘ladi degan hulosga kelibti. Nikoh o‘qilibti. Oradan ancha voqt o‘tgach shu tanishim tug‘ilgan. Endi bu narsa uni judayam vahimaga soladi. Ey ahli ilmlar yolvorib sorayman aytingchi, shu tanishim harom yo‘l bilan tug‘ilib qolmanganmi? Valadi zino bo‘lib tug‘ilib shaytonning hizmatini qiladgon bo‘lib qolmaydimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tug‘ilgan bolada ayb yo‘q. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 17:51 | Savol-javoblar | 156 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar