Namoz o‘qishga sharoit

Assalamu alaykum! Xitoyda xam o‘qib xam ishlayman. Alhamdulillah 5 vaqt namoz o‘qiman. Ish joyimda namoz o‘qishligim uchun o‘zim uchun o‘zim sharoit qilganman. Raxbariyatim bundan xabari yo‘q, sababi din masalasida bularda tushuncha deyarli yo‘q. Shuning uchun namozning 3 maxalini (peshin, asr, shom) ishxonamda o‘qishga to‘g‘ri keladi. Qolgan ikki maxalini uyda to‘liq ado qilaman. Ishxonamda bir kichkina 0.5 kv/m xonada namozning 3 vaqtini o‘qiyman, xona o‘ta kichkina bo‘lganligi sababli namozni tik turgan xolda ruk’u qilib, lekin sajdani kichkina stulga qilib cho‘kkalagan xolda qadada o‘tirib o‘qiyman. Bunga sabab xonaning kichkinaligi va sajda qilish uchun xonaning etarli katta emasligida. Chunki boshqa xonalarda eshikni yopib olib namoz o‘qishga sharoit yo‘q. Shunday tarzda namoz o‘qisam namozim ado bo‘ladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Peshonani erga qo‘yib sajda qilishga harakat qiling. Son va tizzalarni bir biriga yopishtirib bo‘lsa ham sajda qiling. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 01:32 | Savol-javoblar | 134 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar