Alomatlar

Assalomu alaykum! “Oxiri zamon alomatlaridan biri, odamlarni kichkina bo‘lib ketishi” deb eshitdim. Shu gap to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Quyidagi hadisga binoan shunday. حَدَّثَنِي عَبْدُ اللهِ بْنُ مُحَمَّدٍ، حَدَّثَنَا عَبْدُ الرَّزَّاقِ، عَنْ مَعْمَرٍ، عَنْ هَمَّامٍ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ  رضي الله عنه  ، عَنِ النَّبِيِّ  صلي الله عليه وسلم قَالَ: «خَلَقَ اللهُ آدَمَ وَطُولُهُ سِتُّونَ ذِرَاعًا، ثُمَّ قَالَ: اذْهَبْ فَسَلِّمْ عَلَى أُولَئِكَ مِنَ الْمَلَائِكَةِ، فَاسْتَمِعْ مَا يُحَيُّونَكَ، تَحِيَّتُكَ وَتَحِيَّةُ ذُرِّيَّتِكَ. فَقَالَ: السَّلَامُ عَلَيْكُمْ. فَقَالُوا: السَّلَامُ عَلَيْكَ وَرَحْمَةُ اللهِ. فَزَادُوهُ: وَرَحْمَةُ اللهِ. فَكُلُّ مَنْ يَدْخُلُ الْجَنَّةَ عَلَى صُورَةِ آدَمَ، فَلَمْ يَزَلِ الْخَلْقُ يَنْقُصُ حَتَّى الْآنَ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Alloh Odamni yaratdi. Bo‘yi oltmish ziro’ edi. So‘ngra unga: «Bor, anavi farishtalarga salom ber va sen bilan nima deb salomlashishlarini eshitib olki, (bu) sening va zurriyotingning salomlashuvi bo‘ladi», dedi. U «Assalaamu alaykum», dedi. Shunda ular: «Assalaamu ’alayka va rohmatullooh» deb, bunga «va rohmatullooh»ni qo‘shimcha qilishdi. Jannatga kiradigan har kim Odam suratida bo‘ladi. Yaratilmishlar hozirgacha kichrayib keladi».(“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:35 | Savol-javoblar | 147 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar