Boylik yoki
Assalomu alaykum! Ustozlar yoshim 20 da. Men ulug‘larning hayotini oz-moz o‘gandim: sahobalar, tobeinlar, taba tobeinlar, mazhabboshi imomlar va hokazo. Ularning ichida ba’zilari dunyodan, davlatmand boy bo‘lishdan qochishgan. Bunga rasulullohning (s.a.v.) musulmon odam sayyohga o‘xshab kamgina o‘ziga kerakli bo‘lgan narsalarnigina olib bu dunyoda yashashi kerak qabilidagi hadislarini misol keltirishgan. Masalan Abu Dardo r.a. ning hayotlari. Vaholanki ular ulug‘ sahobalar. Endi esa imom Abu Hanifa yoki Imom Molikni hayotlariga qarasam, ular o‘ziga to‘q bo‘lishgan, dunyolari qalblarida emas qo‘llarida bo‘lgan. Bu ularning ulug‘ imom bo‘lishlaridan to‘smagan. Men har xil vaziyatda har xil fikrda yashayapman shu to‘g‘rida. Ya’ni men kasblarning yaxshisini tanlab boy bo‘lishim kerak, musulmonlarga yordam beraman, oilamga ayolimga ota onamga yaxshi sharoit qilib beraman deb niyat qilaman. Ba’zida esa teskarisi, ozimga etarlisi bo‘lsa boldi, deb faqirona hayotni ko‘zlayman. (Bu balki boy bo‘lish uchun Ortiqcha mehnat-mashaqqatdan qo‘rqqanligim dangasaligimdandur). Savolim shuki bu borada Allohga, taqvoga yaqinroq aqidam qanday bo‘lishim kerak? Boylik yoki oddiylik (faqirlik) , (Alloh beradi rizqni, harakat insondan aqidasiga ishongan holda) u ham bu ham bo‘lsa , bulardagi niyat qanday bo‘lishi kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hozirgi kunda albatta haloldan topib boy bo‘lib shukur qilib yashash faqirlikka sabr qilishdan afzal. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 01:54 | Savol-javoblar | 143 | Aqiyda
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hozirgi kunda albatta haloldan topib boy bo‘lib shukur qilib yashash faqirlikka sabr qilishdan afzal. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 01:54 | Savol-javoblar | 143 | Aqiyda