Taloqni so‘rab olish
Assalomu alaykum! Man erim bilan salkam 26 yildan beri yashayman. Bir umr manga xiyonat kilib keladi. Xar xil kasalliklar bilan kasallanib, mangayam yuqtirib kelgan. Lekin xech qachon tan olmasdan o‘zimmi kasalga chiqarardi. O‘tgan yili juda ko‘p bollarim qatori yosh qizchalar bilan zino qilib yurishini tasodifan telefonida ko‘rib qoldim. Ajrashishga sudga ariza berdim. Uydan xech narsa talashmasdan chiqib ketdim. Qarindoshlarim aralashib (ularga rosa yalinibdi, tovba qildim. Endi xalol yashayman deb) yana qaytib keldim. Lekin yashashdan avval shart qo‘ydirdim. Agar zinoga yursangiz taloq bo‘lishimni aytolasizmi deb, xa deb darov javob berdi. To‘g‘ri og‘zidan taloq so‘zi chiqmadi, lekin taloq bo‘lishimmi tasdikladi. Yana so‘radim. Demak, zinoga yursangiz taloq bo‘laman deb. Xa deb javob berdi. Bir xafta oldin yana o‘g‘lim qatori qiz bilan bollarim bilan birga ushlab oldik kechasi. Endi bizga taloq tushdimi? Man bu yo‘ldan qaytmaganini aniq bilaman. Nikoximizga befarqligini taloqni xukmini tushuntirganman. Baribir jiddiy qaramadi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taloqni shartga bog‘lagansizlar va u shart ham topilgan. Oraga taloq tushgan. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 00:48 | Savol-javoblar | 164 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taloqni shartga bog‘lagansizlar va u shart ham topilgan. Oraga taloq tushgan. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 00:48 | Savol-javoblar | 164 | Oila va turmush