Hadisdagi
Assalomu alaykum! Men bir xadi o‘qib qoldim unda: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Kim bir kunda yuz marta "Subxanollohi va bihamdihi" desa, xatolari dengizning ko‘pigicha bo‘lsa xam o‘chiriladi" dedilar. (Imom Buxoriy rivoyati). Savolim shuki xatolari deganda qanday ma’no bor? (uning qilgan gunoxlarimi)
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Arab tilida qilingan nojoiz ishni darajalari bor. Harom, makruh, gunohi kabira, gunohi sag‘ira, ma’siyat, xato, nisyon, banda bilan Allohning o‘rtasidagi haqqlar, banda bilan bandasining o‘rtasidagi ado qilish kerak bo‘lgan haqlar. Ularning har birining hukmi alohida-alohida. Ba’zilariga tavba shart, ba’zilariga tavba bilan birgalikda haq egalarini rozi qilish shart, ba’zilariga qazo va kafforat shart, ba’zilari esa hadisda kelinganidek zikr va solih amallar bilan ham yuvilib ketadi. Ulamolar xato va nisyon darajalari shu kabi zikr va hasanotlar bilan yuvilib ketadi deganlar. Bu zikrlarni qilish tahorat shart emas. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 01:54 | Savol-javoblar | 151 | Hadislar