qandoq qilaylik?

Assalomu aleykum muhtaram shayx hazratlari. Men Litseyda ikkinchi kursda o‘qiyman. Bizning guruh litseydagi eng jirkanch guruh desam mubolag‘asiz gapirgan bo‘laman. Guruhimizda 85% o‘quvchilar litseyga o‘qish maqsadida borishmaydi. Sanoqli o‘quvchilar (birodarlarim) litseyga o‘qish va o‘zlari uchun foydali narsa olib ketish maqsadida borishadi. Hazrat guruhimizda har lahzada fisq-u fasod, so‘kinish va bid‘at xurofotlar bo‘lib o‘tadi. Bunga litsey ma‘muriyati unchalik e‘tibor berishmaydi. Ularga nasixat qilsak bizga turli xil laqablar qo‘yib masxaralashadi. So‘nggi oylarda nasixat ham qilmay qo‘ydik. Ustoz biz nima qilaylik? Ularni qilmishlariga jim qarab turaveraylikmi yoki qandaydir javob qaytaraylikmi? Maslahat bering iltimos.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Nasihat qilgan bo‘lsangiz, etarli.

7 May 2022, 01:54 | Savol-javoblar | 160 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar