Bemor kredit

Assalomu alaykum! Mani adamlaga doktor operatsiya yozib berdi. Oyoq qismlarida suyak emirilishi mavjud ekan. Agar suyakning o‘sha qismini alishtirsa hammasi yaxshi bo‘ladi. Xudo xoxlasa operatsiya qildiramiz, ammo uning narxi 4000$. Mani qo‘limda shuncha summa yo‘q, shuning uchun bankdan kredit olmoqchiman. Olgan kreditim sudxo‘rlik bo‘lib qolmaydimi? Otamning sog‘ligi uchun olmoqdaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Operatsiya qildirish oson, ammo suyak qaytib o‘sadigan narsa emas. Shaxsan bir o‘zimizning tug‘ishgan akamiz oyog‘i quymichidan chiqib suyak emirilishi boshlangan. Operatsiya qildirmoqchi bo‘lib shu operatsyani qildirgan juda ko‘p insonlardan maslahat oldik. Ularning barchasi bekor qildirganlarini aytib afsus qilishdi. Chunki almashtirgan narsasi plastik bo‘lib, o‘ta sovuq tortadigan narsa bo‘lar ekan. Avvalo ayni dadangiz kabi bemorlarni operatsiya qildirganlari bilan maslahat qilinglar. Doktorlarni gaplari bilan kifoyalanib qolmanglar. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 01:54 | Savol-javoblar | 151 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar