To‘ylardagi isrof

Assalomu alaykum! Hozir juda ko‘p imomlar to‘y xarajatlarini kuyov tomon qilsin, mebelni kuyov olsin deb targ‘ib qilishmoqda. Bu albatta juda zo‘r o‘zi aslidayam shunaqa bo‘lish kerak. Lekin bunda kuyov tomonni ham moliyaviy imkoniyatlarini hisobga olish kerak emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘g‘ri, hozir mebel kabilarni ayollardan soqit qilib erkakni zimmasiga yuklash ancha urfga kirib qoldi. Endilikda bu kabi oldi-qochdilardan yuz o‘girib eng kerakli narsalarga pul sarflashni targ‘ib qilish kerak. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga muvofiq valiyma qilishni yo‘lga qo‘yish kerak. Qiyinchilik bilan topilingan mablag‘ni yigit va qizlar kelajakdagi taraqqiyotlarining poydevori qilib olishsin. Insonga Alloh tarafidan ba’zi bir vaqtlarda ulkan ne’mat va uning taraqqiyotining yo‘li beriladi. Inson esa o‘z taraqqiyoti o‘rniga isrof qilib xorlik yo‘lini tanlaydi. To‘ydagi isrofgarchiliklar ham o‘sha xorlik yo‘lini tanlashdir. Bir iqtisod borasida etuk olimdan bir kishi 10.000dollar pulim bor shuni nimaga sarflasam ekan deb so‘raganida ilmingni rivojiga sarfla shunda u zoe ketmaydi deb maslahat bergan ekan. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 01:54 | Savol-javoblar | 136 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar