Va’da buzilishi

Assalomu alaykum! Allohga ibodat chog‘ida bir gunoh qilib o‘zimdan o‘zim g‘azablanib bu gunohni “endi hech qachon qilmayman” deb va’da berdim. Lekin va’damni bir marta emas, bir necha marta buzdim va haligacha ushbu gunohni tark etishda oqsayapman. Albatta Qur’oni Karimda, kafforat sifatida qul ozod qilish, yoki 60 miskinni taomlantirish, yoki 3 kun ro‘za tutish aytilgan. Men gunohimning kafforati sifati 3 kun ro‘za tutishni ahd qildim, chunki yuqoridagilarga hali qurbim etmaydi. Savolim shuki, “endi hech qachon qilmayman” deb berilgan va’daning bir necha marta buzilishiga ushbu kafforat etarlimi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qasamning kafforati xuddi zihordagi kabi qul ozod qilish yoki o‘nta miskinni to‘ydirish, yoxud ularning har biriga butun badanini to‘sadigan kiyim berishdir. Shalvorning o‘zi kifoya qilmaydi. Agar ularni ado etish paytida ojiz bo‘lsa, ketma-ket uch kun ro‘za tutadi. Qasamxo‘r bo‘lmay turib, kafforat ado qilish joiz emas.
Uning lafzlari «agar», «qachon», «qachondir», «vaqtiki», «vaqtidirki», «har bir», «har doimki»dir.
«Har qachon»dan boshqada shart mulkda bir marta vujudga kelsa, ta’liq echilib, jazo lozim bo‘ladi.("Kifoya" kitobidan). Sizni “endi hech qachon qilmayman” deb ichgan qasamingiz doimiylikka bog‘langan bo‘lib, qachon o‘sha ishni qilsangiz alohida kafforat vojib bo‘ladi. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:39 | Savol-javoblar | 174 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar