Jannatga kirishdan oldin

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, islomiy testda jannatga kirishdan oldin eyiladigan taomlar to‘g‘risida bir savol tushdi. Javob berolmadim. To‘g‘ri javobi kitning jigaridan tayyorlangan taom ekan. Shu rostmi? Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hadisda quyidagicha keladi: حَدَّثَنِي الْحَسَنُ بْنُ عَلِيٍّ الْحُلْوَانِيُّ، حَدَّثَنَا أَبُو تَوْبَةَ - وَهُوَ الرَّبِيعُ بْنُ نَافِعٍ - حَدَّثَنَا مُعَاوِيَةُ - يَعْنِي ابْنَ سَلَّامٍ - عَنْ زَيْدٍ - يَعْنِي أَخَاهُ -، أَنَّهُ سَمِعَ أَبَا سَلَّامٍ، قَالَ: حَدَّثَنِي أَبُو أَسْمَاءَ الرَّحَبِيُّ، أَنَّ ثَوْبَانَ مَوْلَى رَسُولِ اللهِ  صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم حَدَّثَهُ، قَالَ: كُنْتُ قَائِمًا عِنْدَ رَسُولِ اللهِ  صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم ، فَجَاءَ حِبْرٌ مِنْ أَحْبَارِ الْيَهُودِ، فَقَالَ: السَّلَامُ عَلَيْكَ يَا مُحَمَّدُ، فَدَفَعْتُهُ دَفْعَةً كَادَ يُصْرَعُ مِنْهَا، فَقَالَ: لِمَ تَدْفَعُنِي؟ فَقُلْتُ: أَلَا تَقُولُ يَا رَسُولَ اللهِ، فَقَالَ الْيَهُودِيُّ: إِنَّمَا نَدْعُوهُ بِاسْمِهِ الَّذِي سَمَّاهُ بِهِ أَهْلُهُ، فَقَالَ رَسُولُ اللهِ  صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: «إِنَّ اسْمِي مُحَمَّدٌ الَّذِي سَمَّانِي بِهِ أَهْلِي»، فَقَالَ الْيَهُودِيُّ: جِئْتُ أَسْأَلُكَ، فَقَالَ لَهُ رَسُولُ اللهِ  صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: «أَيَنْفَعُكَ شَيْءٌ إِنْ حَدَّثْتُكَ؟» قَالَ: أَسْمَعُ بِأُذُنَيَّ. فَنَكَتَ رَسُولُ اللهِ  صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم بِعُودٍ مَعَهُ، فَقَالَ: «سَلْ»، فَقَالَ الْيَهُودِيُّ: أَيْنَ يَكُونُ النَّاسُ يَوْمَ تُبَدَّلُ الْأَرْضُ غَيْرَ الْأَرْضِ وَالسَّمَوَاتُ؟ فَقَالَ رَسُولُ اللهِ  صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: «هُمْ فِي الظُّلْمَةِ دُونَ الْجِسْرِ». قَالَ: فَمَنْ أَوَّلُ النَّاسِ إِجَازَةً؟ قَالَ: «فُقَرَاءُ الْمُهَاجِرِينَ». قَالَ الْيَهُودِيُّ: فَمَا تُحْفَتُهُمْ حِينَ يَدْخُلُونَ الْجَنَّةَ؟ قَالَ: «زِيَادَةُ كَبِدِ النُّونِ»، قَالَ: فَمَا غِذَاؤُهُمْ عَلَى إِثْرِهَا؟ قَالَ: «يُنْحَرُ لَهُمْ ثَوْرُ الْجَنَّةِ الَّذِي كَانَ يَأْكُلُ مِنْ أَطْرَافِهَا»، قَالَ: فَمَا شَرَابُهُمْ عَلَيْهِ؟ قَالَ: «مِنْ عَيْنٍ فِيهَا تُسَمَّى سَلْسَبِيلًا». قَالَ: صَدَقْتَ، قَالَ: وَجِئْتُ أَسْأَلُكَ عَنْ شَيْءٍ لَا يَعْلَمُهُ أَحَدٌ مِنْ أَهْلِ الْأَرْضِ إِلَّا نَبِيٌّ أَوْ رَجُلٌ أَوْ رَجُلَانِ، قَالَ: «يَنْفَعُكَ إِنْ حَدَّثْتُكَ؟» قَالَ: أَسْمَعُ بِأُذُنَيَّ، قَالَ: جِئْتُ أَسْأَلُكَ عَنِ الْوَلَدِ؟ قَالَ: «مَاءُ الرَّجُلِ أَبْيَضُ وَمَاءُ الْمَرْأَةِ أَصْفَرُ؛ فَإِذَا اجْتَمَعَا، فَعَلَا مَنِيُّ الرَّجُلِ مَنِيَّ الْمَرْأَةِ، أَذْكَرَا بِإِذْنِ اللهِ، وَإِذَا عَلَا مَنِيُّ الْمَرْأَةِ مَنِيَّ الرَّجُلِ، آنَثَا بِإِذْنِ اللهِ». قَالَ الْيَهُودِيُّ: لَقَدْ صَدَقْتَ، وَإِنَّكَ لَنَبِيٌّ. ثُمَّ انْصَرَفَ فَذَهَبَ.فَقَالَ رَسُولُ اللهِ  صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: «لَقَدْ سَأَلَنِي هَذَا عَنِ الَّذِي سَأَلَنِي عَنْهُ، وَمَا لِي عِلْمٌ بِشَيْءٍ مِنْهُ، حَتَّى أَتَانِيَ اللهُ بِهِ».Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning mavlolari Savbon roziyallohu anhu shunday so‘zlab berdi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida turgan edim, yahudlarning ahborlaridan biri kelib, «Assalomu alayka, ey Muhammad», dedi. Men uni bir turtgan edim, u yiqilib ketay dedi va: «Nega meni turtasan?» dedi. «Ey Allohning Rasuli, demaysanmi?» dedim. Yahudiy: «Ahli unga qo‘ygan ism bilan chaqiryapmiz, xolos», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ahlim menga qo‘ygan ism Muhammaddir», dedilar. Yahudiy: «Sendan savol so‘rash uchun keldim», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: «Aytsam, senga biror foyda berarmikin?» dedilar. U: «Ikki qulog‘im bilan eshitaman», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yonlaridagi cho‘p bilan er chizarkanlar, «So‘ra», dedilar. Yahudiy: «Er ham, osmonlar ham boshqasiga almashtiriladigan kunda odamlar qaerda bo‘lishadi?» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ko‘prikning buyog‘idagi zulmatda», dedilar. U: «Odamlarning birinchi o‘tadigani kimlar?» dedi. «Muhojirlarning kambag‘allari», dedilar. Yahudiy: «Jannatga kirganlarida ularga beriladigan tuhfa nima bo‘ladi?» dedi. «Nahang jigarining ortig‘i», dedilar. U: «Undan keyingi eguliklari nima bo‘ladi?» dedi. «Ularga jannatning har tarafida o‘tlab yurgan ho‘kiz so‘yib beriladi», dedilar. U: «Undan keyingi ichimliklari nima bo‘ladi?» dedi. «U erdagi salsabil degan buloqdan», dedilar. U: «Rost aytding. Men sendan bir narsa haqida so‘rashga keldim. Uni er yuzida nabiy yoki bir ikki kishidan boshqa hech kim bilmaydi», dedi. «Aytsam senga foyda berarmikin?» dedilar. U: «Ikki qulog‘im bilan eshitaman. Men sendan farzand haqida so‘rashga keldim», dedi. U zot: «Erkakning suvi oq, ayolniki sariq bo‘ladi. Ikkovi jamlanganda erkakning maniysi ayolning maniysidan ustun kelsa, Allohning izni bilan o‘g‘il ko‘rishadi, ayolning maniysi erkakning maniysidan ustun kelsa, Allohning izni bilan qiz ko‘rishadi», dedilar. Yahudiy: «Rost aytding. Albatta, sen nabiysan», deb ortiga qaytib ketdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu mendan savollarini so‘rayotganida ularning birortasi haqida menda ilm yo‘q edi, uni Alloh menga bildirib turdi, xolos», dedilar». (Muslim rivoyati). Vallohu a’lam!

14 May 2022, 04:35 | Savol-javoblar | 161 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar