Xaqiqatni yashirmoq

Assalomu alaykum! Men bir iymonli kishining qo‘liga ishga kirdim va shuni yaqinda bildimki hamkasblarim boshlig‘imni aldab unga nisbattan nohaq ish, aniqrog‘i uning puliga xiyonat qilyabdi. Bu harakatlarni aytishga ham, aytmaslikka ham qo‘rqyabman. Bu ketishda boshlig‘im inqirozga uchrashi hech gapmas. Men nima qilishim joiz? Haqiqatni yashirsam menga ham gunoh yoziladimi? Hamkasblarim orasida yaqin do‘stlarim ham bor.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Aytishingiz shart. Fitna chiqarmaydigan yo‘lini tutsin. Jinoyatchini o‘rnida jazolamasdan, o‘zi kuzatib, xuddi o‘zi tutib olgandek qilib chora ko‘rsin. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 02:04 | Savol-javoblar | 136 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar