Folbin va taloq

Assalomu alaykum! Mana 7 yil Allohni eng shirin ne’mati bulmish zurriyod, farzand ko‘rish orzusida sabrdamiz. Shu vaqt ichida tibbiy ko‘riklardan o‘tib, muolajalarni olib keldik. Bundan chamasi 4-5 yillar ilgari ba’zi bir qarindoshlarimizni qistovlari va turtkilari bilan la’nati folbinga xam borishga to‘g‘ri keldi. Allohga shukronalar bo‘lsinki oxirgi yillarda o‘qib, izlanishlar natijasida bu qabix ishlarni aslo qilishni unutganmiz. Savolimga kelsak: er yoki xotin yoki ikkalasi barobar folbinga borgan bo‘lsa nikohlari buziladimi? Vaqt o‘tib bundan xabari bo‘lmagan er xotinni orasiga taloq tushadimi? Agar bizni oramizga taloq tushgan bo‘lsa shuncha vaqt zino bo‘lganmi va bu xolatni qanday qilib to‘g‘irlasa bo‘ladi? Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Zino bo‘lmasada, nikohni yangilab oling, o‘tgan ishga tavba va istig‘for ham ayting. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:37 | Savol-javoblar | 157 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar