Ro‘za tutuish tartibi
Assalomu alaykum! Yoshim 17 da talabaman. Talabalik davrida uchraydigan qiyinchiliklar barchamizga ma’lum. Faqat buni bahona deb qabul qilmasligingizni so‘rardim. Bundan 2 yil ilgari diniy ilm deyarli yo‘q paytda Ramazon ro‘zasini qasddan ochganman. 60 kun tutib berish kerakligini bilmagan holda. Bugun Shavvolning 16-si. Agar hozir ushbu kafforotni boshlaydigan bo‘lsam, menimcha, nisbatan kuchsiz jismoniy holatimga ham, sog‘ligimga ham, o‘qishlarimga ham kuchli ta’sir qilsa kerak. Ustiga-ustak hozir boshlasam Qurbon hayiti sanalariga ham kafforot ro‘zam to‘g‘ri kelib qolish ehtimoli bor.Lekin Allohdan qo‘rqaman tutishni judayam istayman. Yaqinda tuzalganligim sababli Shavvol oyining nafl ro‘zalarini ham xohlasam-da, tutolganimcha yo‘q. Ham yana 6 kunlik qasam buzilganligi uchun Kafforot ro‘zam bor. Endi ro‘za tutishim tartibi qanday bo‘ladi? 60 kunlik kafforotni Qurbon hayitidan keyin tutib bersam bo‘lmaydimi, chunki u paytlar inshaalloh to‘kin-sochinlik davri kelib, qishlog‘imda bo‘laman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qishning qisqa kunlarida tuting. Vallohu a’lam!
27 Iyul 2022, 09:15 | Savol-javoblar | 129 | Ibodatlar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qishning qisqa kunlarida tuting. Vallohu a’lam!
27 Iyul 2022, 09:15 | Savol-javoblar | 129 | Ibodatlar