Internet orqali pul ishlash

Assalomu alaykum! Internetda ExpertOption degan sayt bor, bu sayta ishlash tartibi masalan EUR/USD valyutani olamiz va prognoz qilinadi va 1 minut intervalda. Hozir EUR ko‘tariladi deb pul qo‘yasiz, masalan 100$, agar prognoz to‘g‘ri chiqsa pul 190$ ko‘paytirib qaytaradi. Agar narx tushsa qo‘yilgan pul ketadi. Prognoz aniq matematik hisob-kitoblar asosida ishlaydigan indikatorlarga qarab qilinadi. Man demo pulda ishlab ko‘rdim, shu pul harom hisoblanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bunday ish shariatimizda g‘arar hisoblanib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam g‘arardan qaytarganlar. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 15:26 | Savol-javoblar | 175 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar