Zakot berish joizmi

Assalomu alaykum! Eri yaqinda (1yil bo‘lgan) o‘lgan 2ta farzandi bor ayolga zakot bersa bo‘ladimi? U ayol oddiy xamshira bo‘lib ishlaydi. U ayolni eri tomondan xolati o‘ta boy emas l.n o‘rtachadan ancha yaxshi. L.n u ayolga albatta yordam berish bermasliklarini bilmasak, yoki u ayolda tillalari bor l.n miqdori qanchaligini bilmasak (so‘rash xam xijolatlik) zakot berish joizmi? Zakot berilsayu zakot olmaydiganlar qatorida bo‘lsa zakot berilgani xissobga o‘taveradimi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nisob egasi emasligini aniq bilish kerak. Agar berilsayu nisob egasi bo‘lib chiqsa berilgan zakot beruvchidan ado bo‘lmay qaytadan zakot berish farz bo‘ladi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 08:59 | Savol-javoblar | 142 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar