Boqilayotgan qoramoldan zakot

Assalomu alaykum! Xondonimda bo‘rdoqichilik bilan shug‘ulanaman. 5 bosh bo‘rdoqim 2 bosh sog‘in sigirim bor. Bulardan zakot beriladimi? Agar berilsa olingan narxidami yoki semiz xolatida baxolangan summa xisobga olinadimi? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Bo‘rdoqiga boqilgan molning semirib sotilganda kirgan bahoasidan qirqdan birini zakotga chiqariladi. Sutidan foydalanish uchun olingan sigir zakot moliga qo‘shilmaydi. Sutining pulidan zakot beriladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:55 | Savol-javoblar | 135 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar