Ibrohim alayhissalomning duolari

Assalomu alaykum! Sizlardan Ibrohim Alayhissalomning duolari ya’ni "Hasbunallohu va ne’mal-vakil" haqida so‘ramoqchi edim. Shu yaqin kunlar ichida men bu duoning bir oz uzunroq shaklini eshitib qoldim. Ilmsizligim tufayli men bu duoning qanday yozilishini bilmayman. Xato yozishdan ham qo‘rqaman, chunki bir dona harfi noto‘g‘ri bo‘lsa ham, butun bir duoning ma’nosi o‘zgarib ketishini bilaman. Sizlardan iltimosim shu duoni tog‘ri shaklini yozib bersangiz va ushbu duo haqida bir oz bo‘lsa ham ma’lumot berib o‘tsangiz. Men quyida duoni eshitganim bo‘yicha yozib qoldiraman. Agar xato yozgan bo‘lsam kechiring. Alloh ning o‘zi kechirsin barchamizni. Alloh sizlardan o‘zi rozi bo‘lsin Ustozlar. Duo: "Hasbunallohu va ne’mal-vakil. Ne’mal movla va ne’mal nasiyr".
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hasbunallohu va ne’mal-vakil. Ne’mal mavlaa va ne’man nasiyr. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 02:15 | Savol-javoblar | 194 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar