Yosin surasini uning tarjimasini bilmasdan o‘qish
Oldinlari men “Yosin” surasini marhumlar ruhiga duo qilishda savobi ko‘pligi, uni kechasi o‘qib uxlagan kishi ertasi gunohlardan poklanib uyg‘onishi va hokazo xususiyatlari uchun o‘qib yurar edim. So‘ngra, “Muqaddas oylar va mustajob duolar” degan kitobda duo qilishning odoblari degan mavzusida “ma’nosini bilmaydigan duoni qilmaslik” haqida o‘qib qoldim. Men arab tilini tushunmayman, demak uni shunchaki tushunmasdan o‘qishdan menga o‘sha va’da qilingan xususiyatlar ro‘y bermaydimi? Xususan, uni o‘qisa Qur’oni Karimni 40 marta xatm qilganchalik bo‘ladi deb o‘qigandim. Demak, meni holatimda bunaqa bo‘lmaydimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Mazkur kitob turli zaif gaplarga kon. Albatta, duoni ma’nolarini bilib qilgan yaxshi. Ammo Qur’oni Karim sura va oyatlarini ma’nosini bilmasa, o‘qimasin degan gap yo‘q. Qur’oni Karimning ma’nosini bilsayu, bilmasa, har bir harfiga savob bo‘ladi.
29 Aprel 2022, 00:30 | Savol-javoblar | 179 | Turli savollar