Kelin o‘zini maoshida haqqi yo‘qmi
Assalomu alaykum! Men kelinman. Davlat ishida ishliyman. Qaynotam har oyligimni oladilar. Oyligimni ularga aytmasdan qanchadir foizini olib qolsam bo‘ladimi? Yo‘lkiramga ham pul bermaydilar. Ularga olib qolganimni aytmayman. Xar safar qo‘rqaman. Kelin maoshida haqqi yo‘qmi? Jumalarda ham shu haqida erkaklar qaynotalarga ma’lumot beringlar. Men noto‘g‘ri ish qilmayabmanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘z mablag‘ingizni mutlaq mustaqil tasarruf qilishga haqlisiz. Uni qaynotangizga berishga majbur emassiz. Shu bilan birga, oilada erning va ota-onaning hurmatini ham o‘z o‘rniga qo‘yish lozim. Oilani mustahkamligi uchun nizosiz yo‘lni tuting. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 15:56 | Savol-javoblar | 154 | Ayollarga oid masalalar