O‘rtakashlik

Assalomu alaykum! Rossiyada ishlaymiz. Bir ukamiz bollarni ishlatadi. 3, 4ta brigadasi bor. O‘rtakashlik qiladi. Brigadani har biri 4 kishilik ish topadi, puli 5ga bo‘linadi. Vaqti kelsa 5kishi, 6kishi ishlansa ham pulini 5ga bo‘linadi, birini “olaman” deydi. Ishga oborib olib keladi, benzini ham o‘rtada. Shunaqayam bo‘ladi o‘rtakashdan o‘rtakash olib, bizga beradi. Vaqti kelsa ruslar bizga ish aytadi. U kelib kelishadi. Shu ishni qilsa puli halol bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ishni olgandan topshirgunicha javobgarlikni olsa, yolg‘on ishlatmasa, ishchilar bilan o‘zaro alohida shartnoma tuzsa, joiz. Bunda ish beruvchidan pulini ololmasa o‘zi yonidan berishi kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 02:15 | Savol-javoblar | 173 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar