Kitoblaringiz yuzasidan iltimos

Assalomu alaykum ustoz, Alloh sizni musulmon ummati baxtiga sog‘ salomat qilsin, ilmingizni ziyoda qilib shunday xizmatlaringizni bardavom qilsin.Ustoz, Men Qirg‘izistonda yashiydigan muxlislaringizdanman. Xabaringiz bor o‘tgan yili bu tomonlarda qirg‘izlar biz o‘zbeklar bilan nizo chiqarib ancha ko‘ngilsizliklar bo‘lib o‘tgan edi, Alloh insoflarini bersin. Aytmoqchi bo‘lgan narsam sizni kitoblaringizni bu erda topish qiyin bo‘lyabdi, O‘zbekiston bilan aloqa unchalik yaxshi emas, qolaversa O‘zbekistonni o‘zidan xam surushtirganimizda u tomonlarda xam topish muammo bulayotgan kitoblaringiz bor ekan. Shu uchun sizdan so‘ramoqchi edimki agar Qirg‘izistonda kitob do‘koningiz bo‘lsa yoki kitoblaringizni sotishga mas’ul shaxs bo‘lsa shuni manzilini beraolmiysizmi, so‘raganimni sababi sizning kitoblaringiz asosida bu erda 200 ga yaqin kishi ilm olayotgan edik, yaqinda Xadis va xayot ni 3 juzini tugatyabmiz, keyingi o‘qiydigan kitobimiz Odoblar xazinasi kitobingiz bulib uni topishga qiynalyabmiz. Agar Qirg‘izistonda kitob do‘koningiz bulsa yoki kitoblaringizni sotishga biron ma’ul kishi bo‘lsa shu erdan olmoqchi edik, agar bular bo‘lmagan taqdirda faqat o‘qish uchun, tijoratni maqsad qilmagan xolda Odoblar xazinasi degan kitobingizdan nusxa olishga ruxsat berasizmi.Noo‘rin murojat qilgan bo‘lsam ma’zur tutasiz, Allox sizdan islom ummatiga ko‘rsatayotgan xizmatlaringizdan rozi bo‘lsin, o‘zi rozi bo‘lgan va siz rozi bo‘ladigan maqomga etkazsin
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ming afsuski, O‘zbekistondan boshqa joyda kitob do‘konimiz yo‘q. Hozirda Moskvada rus tilida kitoblarimizni chop qilish boshlandi. Shuningdek ovoz yozuvli kitob va ma’ruzalarimiz ham Moskvada ko‘paytirilib sotilishi yo‘lga qo‘yildi. Kelajakda talab ko‘proq bo‘lsa, o‘zbek tilidagi kitoblarimizni ham Moskvada chop qilib savdoga qo‘yish niyati bor. Buning uchun biz qancha miqdorda talab borligini bilishimiz lozim bo‘ladi.- Istagan taraflar Moskvadagi vakilimizga bog‘lanib qaysi kitob yoki diskdan qancha olishini ma’lum qilsa, shunga qarab yo‘lga qo‘yiladi. Kitoblarni pochta yoki savdogarlar orqali etkazish mumkin.- Shuning uchun, kitob savdosi bilan shug‘ullanuvchi kilishlar ham o‘z takliflarini qilishlari mumkin.Rossiyada«Hilol» nashriyot uyi faziylatli shayxa Muhammad Sodiq Muhammada Yusuf hazratlarining rus tiliga tarjima qilingan asarlarini taqdim etadi.Rossiya Federatsiyasi, Moskva shahri.Telefon: 8 (495) 646-86-52Uyali telefon: 8 (926) 556-56-31Elektron pochta: [email protected] Dillerlar uchun telefon: +99871 216-29-27Yangi kitoblardan xabardor bo‘lish uchun: https://forum.islom.uz/smf/index.php/board,136.0.html

7 May 2022, 02:37 | Savol-javoblar | 184 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar