Rosulullox man deyapti

Assalomu alaykum! Meni bir qarimdoshim bor u negadur o‘zgarib qolgan o‘zini Rasulullohman deyapti xattoki Qur’onda men zikr qilinganman deyapti va bunga javoban qaerda Ja yoki J xarfi bilan bog‘lik oyat bo‘lsa mana aytgandimku sizlarga deyapti (uning ismi ji xarfi bilan bog‘lik ism) Qur’oni karim arab tilida emas fors tilida nozil bo‘lgan deyapti lekin taxoratda nechta farz bor desangiz bilmaydi. 3. menga benamoz bo‘lib o‘tish yozilgan deyapti 4. U sizlar Muxammad alayxisalomni diniga etiqod qilasizlar lekin men Allohni diniga etiqod qilaman demoqda u o‘zini payg‘ambar emasman tavxidman go‘yoki mushriklar yoki axli kitoblar uni ko‘rsa o‘lar ekan. Qo‘shimcha sifatida: U giyoxvand vositalari istemol qiladi shu sababdanmikan deb o‘ylamoqdaman yoki turli xil nomaqbul maruzalardan tasirlanganmikan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Giyohvandlikdan yoki jinlanib qolishdan bo‘ladi. Tezda uni muolaja qilinglar.
Savbon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 
« ... Kelajakda ummatimda o‘ttizta kazzob bo‘lur. Ularning har biri o‘zining nabiyligini da’vo qilur. Holbuki, men nabiylarning xotimi-tugatuvchisiman. Men-dan keyin nabiy kelmas», dedilar».
Termiziy va Abu Dovud rivoyat qilganlar. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 17:51 | Savol-javoblar | 175 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar