Dildagi niyat
Assalomu alaykum! Meni ichimda bir narsa tinchlik bermaydi- “Bola asrab olish” yana qandaydir “Xayriya jamg‘armasi” ochish. Birinchi xolatda bir etimni boshini silagim keladi, erim o‘zimiz bolalarga yaxshiroq qaraylik dedi. Ikkinchi xolatda esa odamlar o‘rtasida jamg‘arma eg‘ib miskinlarga ,qiynalgan oilaga yordam bersam deyman. Ehson quti tashkil qilgim keladi. Lekin qanday qilib boshlashni bilmayman. Qo‘lim kaltadek. Ichimdagi bu narsalar gohida tinchlik bermaydi. Uyda do‘konim bor. Erim ishdaligi sabab birovlarga narsalardan berib yuborolmayman so‘ramasdan. Mendagi bu xolatlarni qanday amalga oshirsam bo‘ladi. Allohni ko‘ngilga solganimi bu. 2. Do‘kondan qarzga savdo qilishadi. Nafaqadan, pensiyadan, oylikdan. Etimlar (onasi bor otasiz), qiynalgan oilalar kelishadi qazrga gohida narxdan o‘tib beraman,yo bildirmay kamroq yozaman .Berishga kelganda mayli kuching etganicha ozroq bo‘lsa ham mayli deb ularni tushunaman,ro‘zg‘oringga ham do‘konga ham ber deyman.Yolg‘on ishlatishadi. Menga yolg‘on ishlatgani yoqmaydi. Yolg‘on aralashtirma deyman.Ularga noto‘g‘ri ish qilayotganini aytib gapirsam xafa bo‘lishadi. Ko‘ngli o‘ksiganday bo‘ladi. To‘g‘ri yo‘lni tushuntirsam etimni xafa qilgan bo‘lamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Xayr-ehson qilish niyatingiz yaxshi, lekin mol-mulk eringizniki bo‘lsa uning ruxsatisiz bu ishni qila olmaysiz. U bilan bamaslahat ish qiling. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 20:37 | Savol-javoblar | 196 | Ruhiy tarbiya
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Xayr-ehson qilish niyatingiz yaxshi, lekin mol-mulk eringizniki bo‘lsa uning ruxsatisiz bu ishni qila olmaysiz. U bilan bamaslahat ish qiling. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 20:37 | Savol-javoblar | 196 | Ruhiy tarbiya