4938 savol bo‘yicha
Assalomu alaykum! 4938 savolga bergan javoblaringiz meni biroz o‘ylantirib qo‘ydi. Bir muddat ilgari to‘y yig‘iniga pul yig‘ib, pul inflyatsiyasini hisobga olib go‘shtga pichib qo‘yishni durust emas degandingiz. Shu ikki masalalar orasidagi nozik jihatni tushunmayapman. Kuni kecha bir tanishimiz qarzga 10kg urug‘ berib, kuzda (inflyatsiya hisobga) 20kg qilib qaytarib olsa bo‘ladi dedi. Men yuqoridagi go‘sht masalasi bo‘yicha bo‘lgan javoblaringizga tayanib durust emas dedim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shunchalik fikr yuritganingiz quvonchli. Pulni kasodga uchrash darajasi biroz bo‘lsa unga e’tibor qaratilmaydi. Xuddi to‘y yig‘iniga pul yig‘ish kabi. Agar farq kattalashib ketsa o‘sha pulni kasodga uchradi deb hukm qilib, qarz bergan vaqtdagi tilla yoki kumushning narxida hisob qilinadi. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 02:59 | Savol-javoblar | 143 | Halol va harom