Ishxonada taxorat qilish

Assalomu Alaykum Shayx Xazratlari.Men davlat muassasalaridan birida ishlayman. Namozlarni baxoli qudrat ishxonada o‘qib olaman. Lekin taxorat olishga sharoit unchalik yaxshi emas. Odatda uyda taxorat olib kelaman, lekin ba’zida ishxonada yangilashga to‘g‘ri kelib qoladi. Taxoratni xojatxonaning tashqarisida joylashgan yuvinish moslamasida (umыvalnik) olaman, oyoqlarimni esa xojatxonaning (unitaz) ichiga kirib yuvib olaman. (chunki har xil odamlar bor, ba’zisi tushunadi, ba’zisi yo‘q, xojatxonaga kirishga ikki qadam kifoya). Shunday qilishim joizmi?Undan tashqari, o‘ng oyog‘imni yuvib, artib, oyoq kiyimimni kiyib olib keyin chap oyog‘imni yuvaman (chunki turib taxorat olishga to‘g‘ri keladi). Bunday qilishim ham joizmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Qilayotgan ishlaringiz to‘g‘ri. Bular noilojlikdan bo‘lgani uchun.

29 Aprel 2022, 20:23 | Savol-javoblar | 163 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar