Qazo namozlariga iqomat takbir aytish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Allohga shukr namozlarni to‘liq o‘qishga xarakat qilyapman. Namozni yaqinda boshladim. Oldin o‘qimagan namozlarimni qazosini Alloh qodir qilganicha, kunda-kun ora xufton namozidan so‘ng bir kunlik qilib jamlab o‘qishga xarakat qilyapman. Savolim shundan iboratki, xar farz namozidan oldin iqomat takbiri aytiladimi? Keyin ularning qiroati qanday bo‘ladi, oshkorami yoki maxfiy?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Ha bitta azon qolganlariga takbir aytiladi. Hammasini maxfiy o‘qiyvering. Jahriy qilish jamoatga tegishli. Yolg‘iz o‘quvchi jahriy namozlarni ham maxfiy o‘qishligi joiz. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 21:31 | Savol-javoblar | 407 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar