Guvohlarsiz nikoh

Assalomu alaykum! Men jufti xalolim bilan nikoximizni guvoxlarsiz o‘qitganmiz. Nikoxdan so‘ng farzandlarimga ma’lum qilganman. Eshitishimcha imom Ahmadmi imom Shofeymi aniq esimda yo‘q lekin bunday nikox mumkun faqat elon qilib qo‘yish kerak degan ekanlar. Shu nikoxim xalolmi? Insha Alloh istixora namozlarimmi ukib Allohga tavvul qilib boshlagandim bu ishni. Niyatimiz faqat xalolda bo‘lish bo‘lgan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nikohingiz halol emas. Qaytadan balog‘atga etgan musulmon guvohlari oldida nikoh o‘qitish shart. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 03:31 | Savol-javoblar | 201 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar