Savdoimdagi holat
Assalomu alaykum! Ustozlar, men savdoda ishlayman. Bir kuni meni oldimga bir odam keldi va o‘zini ishlab chiqargan tovarini menga sotishni taklif qildi. Men oldim, ustiga ozgini pul qo‘ydim va bu tovar uncha sotilmadi va men tovarni egasiga qaytardim va men unga “bizda kotta bollarga emas kichkina bolalarga odam o‘rgangan. Menga shunaqa tovar chiqarib bering” deb taklif berdim va u odam menga ishlab chiqarib olib keldi va men sotdim. Savolim shuki men bu odamdan pulini naqd to‘lab tovarni olib, keyin sotishim kerakmi yoki tovarni olib ustiga pul qo‘yib sotib, keyin pulini bersam ham bo‘ladimi? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Nasiyaga olib, naqdga sotsangiz ham bo‘ladi. Nasiyaning pulini beradigan kunini tayin qilib olish kerak. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 06:08 | Savol-javoblar | 157 | Moliya va tijorat