Oldindan zaklad

Assalomu alaykum! Bir tanishim chel eldan texnika olib kelib sotadi. Shu tanishimni bir mijozi oldindan zaklad berib texnikaga zakaz bergan. Chel elga xam zakaz berib qo‘yildi. Endi mana shu xarid qilmoqchi bo‘lgan odam olishdan bosh tortgan va bergan zakladni qaytarishni so‘rayapti. Ammo chet eldan texnika kelyapti. Zaklad olgan odam qanday yo‘l tutishi kerak? Javob uchun oldindan rahmat. Agar iloji bo‘lsa javobni kanalga qo‘ysangiz. Chunki ko‘pchilik shu javobni kutyapti.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sotuvchi bunda ixtiyorli. Xohlasin bayni buzsin, xohlasin texnikani buyurtma bergan odamga topshirsin. Olishga rozi bo‘lmasa boshqa odamga sotib harajatini chiqarib oladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:30 | Savol-javoblar | 140 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar