Ibodat qabul bo‘lishi uchun vositachi
Assalomu alaykum! Bir tanishim menga Alloh bilan o‘rtangizda vositachi bo‘lmasa o‘qiyotgan namozlaring Allohga etib bormaydi deb aytdi. Tanishimning aytishicha, u pirga qo‘l bergan ekan va pirlar ularga vositachi bo‘lar emish. Bu gaplar qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tanishingiz notug‘ri aytibdi. Makka mushriklari ham xuddi shunday deyishar edi. Alloh taolo "Zumar" surasida marhamat qiladi: أَلَا لِلَّهِ الدِّينُ الْخَالِصُ وَالَّذِينَ اتَّخَذُوا مِن دُونِهِ أَوْلِيَاء مَا نَعْبُدُهُمْ إِلَّا لِيُقَرِّبُونَا إِلَى اللَّهِ زُلْفَى إِنَّ اللَّهَ يَحْكُمُ بَيْنَهُمْ فِي مَا هُمْ فِيهِ يَخْتَلِفُونَ إِنَّ اللَّهَ لَا يَهْدِي مَنْ هُوَ كَاذِبٌ كَفَّارٌ3. Ogoh bo‘lingkim, xolis din Allohnikidir. Undan o‘zga valiy tutganlar: «Ularga faqat bizlarni Allohga juda ham yaqin qilishlari uchungina ibodat qilurmiz», (derlar). Albatta, Alloh ular orasida ixtilof etayotgan narsalari bo‘yicha hukm qilur. Albatta, Alloh yolg‘onchi va kofir kimsalarni hidoyat qilmas.
Ey odamlar, ogoh bo‘linglar! Esingizdan chiqmasin. Turli narsalarga chalg‘ib qolmanglar.
«Ogoh bo‘lingkim, xolis din Allohnikidir».
Dunyoda ixlos qilish lozim bo‘lgan din Allohning dinidir.
Dunyoda ixlos qilish lozim bo‘lgan shariat Allohning shariatidir. Xolis din tavhid dinidir. Allohning dini Islomdir. Allohning O‘ziga bo‘ysunib, ibodat qilmaganlar turli yo‘llarda adashib yuradilar va Makka mushriklariga o‘xshab, o‘zlarining gumrohliklariga turli bahonalar to‘qib oladilar.
«Undan o‘zga valiy tutganlar: «Ularga faqat bizlarni Allohga juda ham yaqin qilishlari uchungina ibodat qilurmiz», (derlar)».
Mushriklar Alloh taoloning yaratuvchi Zot ekanini, U Zot osmonlaru erni yaratganini tan olardilar. Ammo o‘sha Xoliqning tavhidini, yakka O‘zigina ibodatga sazovor ekanini tan olmas edilar. Ibodatda Unga turli but va sanamlarni sherik qilar edilar. Ular o‘zlaricha afsona to‘qib, «Farishtalar Allohning qizlari», deb safsata sotishardi. Farishtalarga turli haykallar yasab, o‘shalarga sig‘inishardi. Keyin esa o‘zlaricha, «Biz maloikalarga ibodat qilish zarurligidan emas, ular bizni shafoat etib, Allohga juda ham yaqinlashtirishlari uchun sig‘inamiz», deyishardi. Bu ishlari esa botil ish edi. Allohning tavhidiga xilof edi. Kufr va shirk edi.
«Albatta, Alloh ular orasida ixtilof etayotgan narsalari bo‘yicha hukm qilur».
Bu hol qiyomat kuni bo‘ladi. Bandalar o‘zlaricha tavhid va boshqa ishlarda ixtilof qilib, tortishgan masalalari bo‘yicha Alloh taolo qiyomat kuni O‘z hukmini chiqaradi. Ammo hozirdan adolat o‘lchovini e’lon etib qo‘yadi. Misol uchun, tavhid masalasida quyidagi qoida bor:
«Albatta, Alloh yolg‘onchi va kofir kimsalarni hidoyat qilmas».
Yolg‘onchi hammaga yolg‘on gapiradi. Allohning sherigi bor, deydi. Falonchini rozi qilsang, Alloh rozi bo‘ladi, u Alloh huzurida senga shafoat beradi, deydi. Tavhidga shak keltirib, Allohga shirk keltirishga chaqiradi. Kofirlar esa Allohga kufr keltiradilar.
Albatta, Alloh taolo yolg‘onchi kimsani hidoyat qilmaydi. Allohning hidoyati ulkan ne’matdir. Alloh taoloning bandasiga beradigan mukofotidir. Bu mukofotni olish uchun shunga loyiq bo‘lish kerak. Uni olishga rag‘bati borligini bildirish kerak. Ya’ni bandaning o‘zi hidoyatga erishish uchun intilishi lozim. Alloh taolo uning harakatini taqdirlab O‘z fazli, karami ila hidoyat ato etadi. Ammo Alloh taolo haqida yolg‘on gapirgan, yaratgan Xoliq sha’niga noma’qul so‘z aytib turgan yolg‘onchi qanday qilib bu ulug‘ mukofotga sazovor bo‘lsin? O‘zining Robbini, Uning yagonaligini rad etib, faqat Unga sig‘inish lozimligini inkor qilib turgan kofir bu oliymaqom mukofotga qanday sazovor bo‘lsin?!
Keyingi oyatda mushriklarning «Bu xudolarimiz bizni Allohga yaqinlashtiradi, shuning uchun ularni Allohga sherik qilamiz» degan gaplarining tuturiqsiz ekani fosh etiladi. لَوْ أَرَادَ اللَّهُ أَنْ يَتَّخِذَ وَلَدًا لَّاصْطَفَى مِمَّا يَخْلُقُ مَا يَشَاء سُبْحَانَهُ هُوَ اللَّهُ الْوَاحِدُ الْقَهَّارُ 4. Agar Alloh bola tutishni iroda qilsa, albatta, O‘zi yaratgan narsalardan xohlaganini tanlab olar edi. U Zot pokdir. Alloh yagonadir, Qahhordir. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
7 May 2022, 04:37 | Savol-javoblar | 144 | Namoz