Dindan uncha xabari bo‘lmagan kishining qo‘ygan talog‘i
Assalomu alaykum! Meni bir tanishim bor, aqli zaifroq (uylangan bir farzandi bor) shu xotiniga taloq qo‘yibdi. Dindan, aynan taloqdan qanchalik xabari bor menga noma’lum. Bunday xolatda qanday yo‘l tutiladi? Aqlan zaif insonlar bilib-bilmay qilgan bunday ishlariga shariat nima deydi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U insonni biror haqiqiy ahli ilm huzuriga olib boring. Chunki aqli zaiflikning ham o‘z darajalari bo‘ladi. Darajasini aniqlab taloq tushishi yoki tushmasligini aytib beradi. Domla deganda masjid qorovuliga yoki qorovullikka loyiq bo‘lgan odamga uchrashib ketavermaslik kerak. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 04:37 | Savol-javoblar | 169 | Halol va harom